13:28 / 28.06.2018
4 271

QR prezidentining va’dasi: muxoliflar ustidan siyosiy qatag‘onlar bo‘lmaydi

QR prezidentining va’dasi: muxoliflar ustidan siyosiy qatag‘onlar bo‘lmaydi
Korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi. Shu bilan birga bu yo‘nalish hech qachon siyosiylashtirilmaydi. Bu haqda parlamentda qilgan chiqishida prezident Sooronbay Jeenbekov bayonot berdi, deb ma’lum qiladi Tnews.uz.

Davlat rahbari korrupsiyaga qarshi kurash ko‘rninishida siyosiy muxoliflaridan qasd olishga aslo yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Jeenbekovning bayonotiga qaraganda, xalq davlat xizmatlari, biznes va jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash natijalarini his qilishlari kerak.

2017 yilning noyabrida prezident etib saylanganidan so‘ng Sooronbay Jeenbekov korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilishi haqida bayonot bergan edi. So‘ngi vaqtlarda Qirg‘izistonda ayrim yirik amaldorlar, jumladan sobiq bosh vazir Sapar Isaqov, Bishkek sobiq meri Qubanichbek Kulmatov va parlament deputati Osmonbek Artiqbayev korrupsiya aybi bilan hibsga olindi.

Yirik amaldorlarning hibsga olinishi amaldagi va sobiq prezidentlar — Sooronbay Jeenbekov va Almazbek Atambayev o‘rtasida kuzatilayotgan kurash fonida bo‘lib o‘tmoqda. Hibsga olinganlarning katta qismi sobiq davlat rahbariga yaqin yoki uning kadri bo‘lgan. Atambayev o‘z murojaatida ochilgan jinoiy ishlarni “asossiz va siyosiylashtirilgan” deya atadi.

Siyosatchi va siyosatchilar hibsga olishlar masalasida turli fikrlarni aytishadi. Ayrimlar, hibsga olishlar tergovlarning mantiqiy davomi ekanligini aytayotgan bo‘lsa, boshqalar prezident tomonidan e’lon qilingan korrupsiyaga qarshi kurash siyosiy ta’qiblarga aylanib ketayotganidan tashvishga tushmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » QR prezidentining va’dasi: muxoliflar ustidan siyosiy qatag‘onlar bo‘lmaydi