18:18 / 28.06.2018
3 838

Kanadada noyob qush musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit berdi (video)

Kanadada noyob qush musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit berdi (video)
Kanadada Ottawa Bluesfest yirik musiqa festivaliga tayyorgarlik jarayoni noyob qush sababli to‘xtatildi. Qush tadbirning asosiy sahnasi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joyga in qurgan. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Sayroqi zuyok Kanada hukumati tomonidan muhofaza qilinadigan kichik qush hisoblanadi. Festival tashkilotchilari uning ini atrofini tasma bilan o‘ragan va hatto unga qo‘riqchi ham qo‘ygan.

Maxsus ruxsatnomasiz qushning ini va u qo‘ygan tuxumlarni ko‘chirish taqiqlanadi. Ma’lum qilinishicha, tashkilotchilar Atrof-muhit ishlari vazirligidan ruxsatnoma olgan. Asosiy sahna quriladigan vaqtda tuxumlar uning orqasidagi xavfsiz joyga ko‘chiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada noyob qush musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit berdi (video)