07:02 / 29.06.2018
4 267

Putin va Tramp uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi

Putin va Tramp uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi
Rossiya va AQSH yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi 15 iyul kuni Vena shahri (Avstriya)da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Avstriyaning “Kronen Zeitung” nashriga tayanib Darakchi nashri xabar qilmoqda.

Uchrashuv tafsilotlarini aniqlashtirish uchun Rossiya va Amerika diplomatlari Venaga tashrif buyurishdi.

Nashrning yozishicha, Vena shahrida Rossiya va Amerika xavfsizlik xizmatlarining vakillari ham bor. Ular ikki prezident o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etish uchun vaziyatni o‘rgana boshladilar.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv AQSH milliy xafvsizlik masallari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning Moskvaga tashrifidan ko‘p o‘tmay o‘tishi mumkin. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, hamkorlik qilish uchun sabablar va ko‘plab sohalar mavjud.

Ma’lumot uchun: Vladimir Putin va Donald Tramp oxirgi marta 2017 yilning iyul oyida uchrashgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi