21:53 / 03.07.2018
4 563

AQSHlik zahiradagi zobit musulmon bo‘ldi

AQSHlik zahiradagi zobit musulmon bo‘ldi
Foto:“Star Gazetesi”
Turkiyaning Mersin viloyati Erdemli tumanida yashovchi amerikalik zahiradagi zobit Andrey Miller Todd musulmon bo‘lib, otini Salohiddin deya o‘zgartirdi. Bu haqda “Xabar” nashri ma’lum qilmoqda.

Todd turmush o‘rtog‘i Meral bilan Erdemli tumani bosh imom-xatibining oldiga borib, musulmon bo‘lishini aytgan. Bosh imom Mahmud Somiy guvohligida Todd va uning turmush o‘rtog‘i kalimai shahodat keltirib, musulmon bo‘lgan.

“Ancha yillardan beri dinlarni chuqur o‘rgandim, Tavrot va Injilni o‘qib chiqdim. Qur’oni karimni ham o‘qib chiqib, undan huzur-halovat topdim. Juda ko‘p savollar meni qiynar edi. Shu savollarga Qur’oni karimdan javob topdim”, – degan Salohiddin.

Salohiddinning eng katta orzusi – hajga borish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik zahiradagi zobit musulmon bo‘ldi