22:38 / 03.07.2018
5 093

Yig‘layotgan erkakni suratga tushirgan dubaylik hibsga olindi

Yig‘layotgan erkakni suratga tushirgan dubaylik hibsga olindi
Aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport boshqarmasiga kelgan odamning yig‘layotgan holatini videoga olgan va uni internetga joylashtirgan dubaylik kishi politsiya mahkamasiga olib kelindi.

Islam-today'ga tayanib Azon.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, qo‘lga olingan kishi shaxsiy daxlsizlikni poymol qilganlikda ayblanmoqda. Ta’kidlash o‘rinli, yig‘layotgan dubaylikning videosi internetda ancha mashhur bo‘lib ketdi.

Foydalanuvchilarning taxminiga ko‘ra, bu odam taksichi bo‘lib, katta miqdordagi jarimani bekor qilish bo‘yicha murojaati qabul qilinmagan. Boshqarmadan berilgan xabarga ko‘ra, bu erkak taksichining qarindoshi bo‘lgan.

BAAda 2012 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, boshqa bir kishini ruxsatsiz suratga olish 136 ming dollar va kamida bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish orqali jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yig‘layotgan erkakni suratga tushirgan dubaylik hibsga olindi