09:55 / 04.07.2018
6 459

Malayziyalik imom uchinchi xotinlikka 11 yashar qizaloqni tanladi…

Malayziyalik imom uchinchi xotinlikka 11 yashar qizaloqni tanladi…
Ayni kunlarda Malayziya huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari 41 yoshli imom Che Abdul Karim Che Abdul Hamidga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishdi. U davlat qonunlarini qo‘pol tarzda buzganlikda ayblandi.

Aytishlaricha, mamlakat qonunlariga ko‘ra, Malayziyada qizlar 16 yoshga to‘lgachgina nikohdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Imom shu qonunni oyoqosti qilgan holda uyida ikki xotini va olti farzandi bo‘lishiga qaramay, uchinchi xotin sifatida ismi-sharifi ma’lum qilinmayotgan 11 yashar taylandlik qizaloqni tanlagan. Qiz aytdiki, u imom bilan anchadan beri tanish ekan. Ular imomga tegishli yerda ota-onasi bilan ishlaganda tanishib qolishgan ekan.

Qizning otasi aytishicha, imom birinchi marta qizining qo‘lini so‘raganda, rad javobi berilgan. Ammo u qayta-qayta kelavergach, rozilik berishga majbur bo‘lishgan. Qolaversa, qiz nikoh o‘qilgach to voyaga yetmaguncha ota uyida qolishi davlat qonunlarida belgilab qo‘yilgani otani tinchlantirgandi.

Xullas, imom aytganini qilib to‘yni boshlab yubordi. To‘y Taylandda bo‘lib o‘tdi. Shundan keyin imomning ikki xotinidan biri to‘yda olingan suratlarni internetga joylashtiribdi. Xuddi o‘sha suratlar huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillarining qo‘liga tushgan.

Agar aybi to‘liq isbotlansa, xotinboz imom Malayziya qonunlariga ko‘ra 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi va 247 dollar miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyalik imom uchinchi xotinlikka 11 yashar qizaloqni tanladi…