11:26 / 04.07.2018
8 553

Avtohalokat tufayli “halok bo‘lgan” ayol o‘likxona muzlatkichi ichida tirilib ketdi…

Автоҳалокат туфайли "ҳалок бўлган" аёл ўликхона музлаткичи ичида тирилиб кетди…
Yoxannesburgda dahshatli darajada avtohalokat sodir bo‘lib, buning oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Ularning barchasini “Tez yordam” vrachlari markaziy kasalxona o‘likxonasiga olib kelishdi. Muzlatkichga solib qo‘yilgan ayollardan biri oradan bir necha soat o‘tgach, kutilmaganda tirilib ketdi. Albatta, buni o‘likxona xodimlaridan biri payqab qoldi.

— Bizga yetkazib kelguncha, — dedi o‘likxona vakili. — Vrachlar tekshiruvdan o‘tkazishgan. Oradan qancha vaqt o‘tgan. Baribir xudoning aytgani bo‘larkan. Odamning peshonasida yashash yozilgan bo‘lsa, o‘likxonada ham tirilib ketaverarkan. Ammo men birinchi navbatda “Tez yordam” vrachlariga tan bermadim. Nahotki, o‘lik bilan tirikni ajrata olishmasa? Biz bu ayolning qornini yorib, halok bo‘lgani sabablarini aniqlashga kirishsak nima bo‘lardi? Rosmanasiga o‘ldirardik-ku bu sho‘rlikni!..

Hozir tirilgan ayol kasalxonada muolajalar olmoqda. Boshidan qattiq shikastlangan ekan. Vrachlar bir necha oyda tuzalib chiqishini aytishdi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avtohalokat tufayli “halok bo‘lgan” ayol o‘likxona muzlatkichi ichida tirilib ketdi…