09:55 / 10.07.2018
5 264

Soxtakorlar ko‘payib ketdi

Soxtakorlar ko‘payib ketdi
Tijoriy sayohatlarimizdan birida qadimda qurilgan maqbaraga to‘xtadik. Odam ko‘p. Uchta alohida-alohida xona. Har birida bir-biridan uzun haybatli qabr, birining ustiga qizil, birinikiga to‘q ko‘k, birinikiga adashmasam qora edi shekilli, shoyi matolar yopilgan. O‘zini "pir" deb atagan kattagina sallali odam kelgan-ketganlar bilan "so‘rashib" turibdi. O‘ng qo‘lidagi barmoqlarining ust tarafiga 1943 (edi shekilli) yozilgan, tepparog‘iga quyosh chizilgan (nakolka). So‘raganlarga bu yerdagi qabrlar Hazrati Aliy, imom Hasan va imom Husayn roziyallohu anhumolarga tegishli deb, yana o‘z bilganicha tarixiy kishilar haqida so‘zlab beryapti.

"Bu tarafdan Hazrati Aliy bostirib kelganlar, bu tarafdan imom Hasan bilan imom Husayn. O‘rtada kofirlar bilan jang bo‘lgan. Keyin Hazrati Dovud pirim yordamga kelib Kofir Yazidni o‘ldirganlar"...

Astag‘firulloh... Shu yerigacha zo‘rg‘a chidab turdim. Bu yog‘iga, endi yetar. "Piri komilni" bir chetga olib o‘tdim. "Muhtaram zot, avvalo, bu yerga imomi Hasan bilan imomi Husayn, otalari Hazrati Ali (rizvanullohi alayhim)ning qadamlari yetib kelmagan. Keyin, siz aytgan Yazid kofir emas. Muoviya (roziyallohu anhu)ning o‘g‘illari. O‘rtadagi fitna kuchayib, qitolga aylanib ketgan. So‘ngisi, pirim deyayotganingiz Dovud (alayhissalom) oddiy pir emas, balki Payg‘ambar bo‘lib, yashagan davrlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. U kishi ham bu yerga umuman kelmaganlar, bularni aytishimdan maqsad, siz bilmagan tarixingizni avom xalq qulog‘iga noto‘g‘ri quymang, axir bu oddiy tarix emas, islom tarixi" dedim. U kishi baribir o‘zi "yaxshiroq bilishini" menga tushuntirib ketdi...

Fikrimcha, toki ihtisos egalari o‘z o‘rinlariga qo‘yilmas ekan, firibgarlar gullab-yashnayveradi. Bu yerda "sohta pir" haqida keltirishim bir misol xolos, gap faqat undagina emas. Har bir soha o‘zining mutahassis(!) rahbarlari nazoratiga muhtoj...

Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadisi shariflarini eslatib o‘taman:

“Agar ishlar o‘z egalari bo‘lmaganlarning qo‘llariga topshirilar ekan, bas, qiyomatni kutavering”.
Salim AYYuBIY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Soxtakorlar ko‘payib ketdi