18:56 / 11.07.2018
8 486

“Horun Yahyo” qo‘lga olindi

“Horun Yahyo” qo‘lga olindi
Horun Yahyo ismi bilan ham tanilgan Adnan Oktar Istanbul ichki ishlar boshqarmasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

“Anadolu” agentligi xabarida aytilishicha, Oktar tuzgan jinoiy guruhga a’zo bo‘lishda gumon qilingan 235 kishini ham ushlash uchun operatsiyalar o‘tkazlimoqda.

Jinoiy guruh jinsiy tajovuz, voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish, bolalarni olib qochish, jinsiy tajovuz, shantaj, siyosiy va harbiy josuslik, diniy e’tiqodni suiiste’mol qilish, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish, firibgarlik va yana bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

62 yoshli Adnan Oktar diniy mavzudagi bir qator kitoblar muallifidir, kitoblari turli tillarga tarjima qilingan. Ko‘rsatuvlarini internet orqali namoyish etib kelgan, ko‘rsatuvlaridagi hayosizliklar sabab tanqid qilib kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Horun Yahyo” qo‘lga olindi