22:21 / 11.07.2018
3 442

Erdo‘g‘on qasamyod qabul qildi va Turkiyani “yangi davrga olib chiqishga” va’da berdi

Erdo‘g‘on qasamyod qabul qildi va Turkiyani “yangi davrga olib chiqishga” va’da berdi
Anqarada 9 iyul kuni Rajab Toyip Erdo‘g‘oning mamlakat prezidenti sifatida inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu uning ikkinchi prezidentlik muddatidir, biroq cheklanmagan xokimiyatga ega bo‘lgan birinchi mandatidir: shu kunning o‘zida Turkiyada bir yil muqaddam referendum orqali Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar kuchga kirdi.

Erdo‘g‘onning opponentlari bayonot berib, yangi siyosiy tartib “yakka xukmronlik” tizimini yaratishini aytishmoqda. Biroq Erdo‘g‘onning o‘zi 80-million aholiga ega mamlakatiga “yangi davr” va’da qilmoqda. Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiya siyosiy sahnasida 15 yildan beri yetakchilik qilib keladi — avvaliga bosh vazir, keyinroq prezident bo‘ldi.

U Anqarada mamlakat parlamentida 9 iyul kuni qasamyod qabul qilar ekan: «tarix va buyuk turk millati oldida o‘z sha’nim va qadriyatim bilan menga berilgan vakolatdan foydalangan holda Turkiya Respublikasi shuhrati va sha’nini himoya qilishga qasamyod qilaman» dedi.

64-yoshli Erdo‘g‘on 24 iyun kuni prezidentlikka qayta saylandi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra u, 52,5 foiz ovoz oldi. Xalqaro kuzatuvchilar bayonot berib, prezidentlik saylovlarida barcha nomzodlar uchun “teng sharoit yaratilmagani”ni aytishdi.

9 iyul kuni bir vaqtining o‘zida Erdo‘g‘onning inauguratsiyasi bilan bir qatorda mamlakatda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish kuchga kirdi. Referendumda ishtirok etgan fuqorolarning ko‘pchiligi tomonidan ma’qullangan o‘zgartishga ko‘ra Turkiya parlament respublikasidan prezidentlik respublikasiga o‘tdi: bosh vazir lavozimi bekor qilindi, parlament nazoratning ko‘p qirralaridan mahrum bo‘ldi, prezident esa katta vakolatlarga ega bo‘ldi.

Anqaradagi tadbirga 22 ta davlat rahbari va dunyo mamlakatlarining 28ta yuqori lavozimli hukumat vakili ishtirok etishi rejalashtirgan edi. «Turkiya yangi davvrga yo‘l oldi», -dedi Erdo‘g‘on 8 iyul kuni o‘zining inauguratsiyasi arafasida.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on qasamyod qabul qildi va Turkiyani “yangi davrga olib chiqishga” va’da berdi