15:52 / 13.07.2018
7 711

Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq yer ostida 8 soat yotdi (Video)

Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq yer ostida 8 soat yotdi (Video)
Braziliya politsiyachilari tuproqqa ko‘milib, yer ostida sakkiz yotgan chaqaloqni qutqarib qolishdi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

15 yoshli ona hojatxonaga borgan va o‘zini yomon his qilgan. Tug‘ruq jarayonida chaqaloq boshi bilan unitazga urilgan va miq etmagan. Qizaloqning buvisi esa o‘lik chaqaloqni matoga o‘rab, orqa hovliga ko‘mishni maslahat bergan.

Shubhaga borgan qo‘shnilardan biri politsiyaga xabar bergan. Qidiruv ishlari davomida zudlik bilan qabr ochilganda sakkiz soatdan beri yer tagida yotgan chaqaloqning tirikligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda chaqaloq sog‘-omon. Faqatgina bosh chanog‘i lat yegan.

Chaqaloqning buvisiga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq yer ostida 8 soat yotdi (Video)