22:48 / 16.07.2018
6 066

Burgut 8 yoshli qiz bolaga hujum qildi (video)

Burgut 8 yoshli qiz bolaga hujum qildi (video)
Yaqinda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ton tumanida bo‘lib o‘tgan “Teskey jeek” etnofestivalida burgut 8 yoshli qizga hujum qildi. Bu haqda Kaktus.media manbasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, qizcha ovchi qushlarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan maydonchaga yugurib chiqib ketib qolgan. Shu paytda burgut o‘rgatuvchilardan biri o‘z qushini dressirovka qilayotgan edi. Yirtqich qush esa yugurib kelayotgan qizni ko‘rib unga tashlangan va yelkasiga tirnoqlarini botirib olib, cho‘qiy boshlagan. Baxtiga, qiz yuzini berkitishga ulgurgan. Yaqin atrofdagi etnofestival ishtirokchilari qushni darhol haydab yuborishgan.

Jabrlangan qiz tezda shifoxonaga olib borilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga ruxsat berishgan.

Burgutning hujumi u hayvonlarga hujum qiladigandek kuchli bo‘lmagan. Qizni shifoxonaga olib borgan kishining aytishicha, bu yerda hech kimni ayblab bo‘lmaydi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, qiz o‘z singlisi bilan festivalda ishlayotgan onasining oldiga kelgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu etnofestival dasturidan ko‘chmanchilarning urf-odatlari, o‘yinlari, hunarmandlar ko‘rgazmalari qatori ovchi qushlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar ham o‘rin olgan edi.
Нападение беркута на девочку на Иссык-Куле (видео)

Нападение беркута на девочку на Иссык-Куле (видео)

Опубликовано Как То Вот Так Воскресенье, 15 июля 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burgut 8 yoshli qiz bolaga hujum qildi (video)