00:35 / 17.07.2018
4 969

«To‘p endi AQSh tomonda». Putin Trampga koptok sovg‘a qildi

«To‘p endi AQSh tomonda». Putin Trampga koptok sovg‘a qildi
Foto: «Gazeta.ru»
Xelsinkidagi sammit yakunlariga bag‘ishlangan press-konferensiyada AQSh prezidenti Donald Trampga Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin koptok sovg‘a qildi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.

Jurnalistlardan biri Suriyadagi vaziyat bo‘yicha Amerika – Rossiya munosabatlari haqida savol berish maqsadida futbol sohasiga oid metafora qo‘lladi. U AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeoning «Koptok Rossiya tomonda» degan so‘zini eslatdi.

Putin savolga javob tariqasida Trampga koptok sovg‘a qildi va endi to‘p AQSh tomonda ekanini ta’kidladi.

Tramp Amerikada 2026 yil o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ham yaqinda poyoniga yetgan mundialdan kam bo‘lmasligiga umid bildirdi.

Amerika rahbari, shuningdek, Melanya Trampga tutqazilgan sovg‘ani o‘g‘li Berronga berishni aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «To‘p endi AQSh tomonda». Putin Trampga koptok sovg‘a qildi