07:57 / 17.07.2018
4 619

Putin — Trampning saylovdagi g‘alabasi haqida: «Men u g‘olib bo‘lishini istaganman»

Putin — Trampning saylovdagi g‘alabasi haqida: «Men u g‘olib bo‘lishini istaganman»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildiki, 2016 yilda u AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘olib chiqishini istagan.

«Men u g‘olib bo‘lishini istagandim, chunki u Rossiya-Amerika munosabatlari yaxshilanishi haqida aytardi. Rossiyaliklarda unga simpatiya bor edi. Bu normal holat», — dedi Putin Tramp bilan muzokaralar yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida.

Putin shuningdek «Rossiya hech qachon Amerikadagi saylovlarga aralashmagani va bundan keyin ham aralashmasligi» haqida ta’kidlab o‘tgan.

Tramp bilan muzokaralarni Rossiya prezidenti «muvaffaqiyatli va foydali» deb atadi.

«Barchaga ayonki, ikki tomonlama munosabatlar murakkab davrni boshdan kechirmoqda, ammo bu qiyinchiliklar, tarang vaziyat ob’ektiv sabablarga ega emas», — degan Putin.

U sovuq urush davri allaqachon tugagani va dunyodagi siyosiy vaziyat «keskin o‘zgargani»ni qo‘shimcha qilgan.

Tramp AQSh va Rossiya munosabatlari hech qachon hozirgi kabi yomonlashmagani, ammo endi ular vaziyatni yaxshilash uchun harakat boshlashgani haqida gapirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin — Trampning saylovdagi g‘alabasi haqida: «Men u g‘olib bo‘lishini istaganman»