14:07 / 17.07.2018
4 004

Yugurib ketayotgan limon videosi million martalab tomosha qilindi (Video)

Yugurib ketayotgan limon videosi million martalab tomosha qilindi (Video)
Amerikalik Mayk Sakasegava dumalab ketayotgan limonni suratga olganidan so‘ng mashhur bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

Mayk bir kuni ertalab badantarbiyadan so‘ng tepalikdan dumalab tushib kelayotgan limonni ko‘rib qoladi va darhol uni videokadrlarga muhrlay boshlaydi. Shu tariqa u egasidan qochib ketayotgan limonni ikki daqiqa davomida suratga oladi va kadrlarni o‘z blogiga joylashtiradi.

Bunga esa Buzzfeed va The Washington Post kabi yirik davriy nashrlar e’tibor qaratib, blogerdan intervyu olishdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yugurib ketayotgan limon videosi million martalab tomosha qilindi (Video)