18:05 / 17.07.2018
4 678

“Love story” tayyorlashi kerak bo‘lgan fotograf kuyovning burnini urib sindirdi

“Love story” tayyorlashi kerak bo‘lgan fotograf kuyovning burnini urib sindirdi
Kelinning yoshi o‘n beshda ekanini bilib qolgan fotograf, nainki “Love story” tayyorlashdan bosh tortdi, balki kuyov bilan janjallashib, uning burnini ham sindirib qo‘ydi.

Voqea Turkiyaning Malatya shahrida sodir bo‘lgan. To‘yning “Love story”sini suratga olishi kerak bo‘lgan fotograf O‘nur Albayrak kelinning yoshi bilan qiziqdi va haqiqatni bilganidan so‘ng kuyov bilan janjallashib ketgan:

“Xalq erta nikohga qarshi kurashayotgan mahalda sen nima qilyapsan?”

Kuyov bo‘lmish esa Albayrakka vazifasini davom ettirishini, bu ishga aralashmasligini aytgan. Ammo fotograf mushtlashib ketdi va kuyovning burnini sindirdi. O‘nur Albayrakning o‘zi tergovda bu hodisaga shunday izoh berdi:

“Afsuski, shunday bo‘ldi. Koshki bunday bo‘lmaganida, ammo nachora… Hech kim mendan ranjimasin. Men birovlarning to‘yini buzmayman, aksincha, xizmatlarida bo‘laman. Biroq, nima qilay, balog‘atga yetmaganlarning, bolalarning nikohi mening nazarimda odamiylikdan tashqari, farzandlarni xo‘rlash degani. Hech qanday kuch, qonun yoki sud menga hali bola bo‘lgan qizlarning kelinlik libosidagi suratini oldirolmaydi. Ularning boshiga fata emas, gulchambarlar qo‘yinglar”.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Love story” tayyorlashi kerak bo‘lgan fotograf kuyovning burnini urib sindirdi