Kuni kecha Malayziyaagi Jemaluang tuman politsiyasiga fermalarning birida ulkan ilon butun boshli itni yutib yuborgani haqida xabar qilishgandi. Aytilgan yerga ikki politsiyachi hamda olti nafar fuqaro mudofaasi tashkiloti xodimi qo‘llarida ilon ovlash uchun ishlatiladigan qurol bilan yetib borishdi.
Haqiqatan, ferma ichkarisida yetti metrli ilon uzala tushib yotardi. Kattakon itni tiriklay yutib yuborgach, hatto nafas olishga-da, qiynalgani bois odamlarga hujum qila olmadi. Uni tutun yordamida tashqariga haydab chiqarishdi va tutishdi. Qafasga joylashdan oldin ilonning vaznini o‘lchashdi. Roppa-rosa 100 kilo chiqdi. Agar itning vaznini chiqarib tashlansa, kamida yetmish besh kilo vaznga ega bo‘ladi.
O‘tgan yili Indoneziyada sakkiz metrli ilonni tutishgan. Ilonning qornini yorib, ichidan o‘rta yashar ayol jasadini tortib olishgan. Aytishlaricha, ayol o‘sha kuni makkajo‘xori ekilgan maydonga yo‘l olgan-u, uyiga qaytmagan. Uni ilon tiriklay yutib yuborgan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»