10:57 / 21.07.2018
3 703

Buyurtmani 32 km yayov yurib olib borgan ishchiga mudirdan “ajoyib” sovg‘a...

Буюртмани 32 км яёв юриб олиб борган ишчига мудирдан "ажойиб" совға...
AQSHda buyurtma eltish xizmatida yangi ish boshlagan 20 yashar yigit kimsasiz joyda eski, almisoqdan qolgan mashinasi butkul buzilib qolganidan so‘ng, boshqa birorta yo‘lovchi mashina yo‘qligi bois yaqindagina topgan ishidan ayrilib qolmasligi uchun buyurtmani to 32 km masofagacha yayov olib ketgan.

Har ko‘chaning boshidagi kameralarga tushib qolgan yigit haqida uning ishxonasiga politsiya xabar bergan. Hodisani o‘rgangan tashkilot mudiri zudlik bilan yigit buyurtma eltishi lozim bo‘lgan manzilga borgan va uy egalari bilan tamaddi qilib o‘tirgan yangi ishchisiga o‘zining 2014 yilda ishlab chiqarilgan “Ford” avtomobilini sovg‘a qilib, tashakkur ham bildirgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyurtmani 32 km yayov yurib olib borgan ishchiga mudirdan “ajoyib” sovg‘a...