07:02 / 23.07.2018
7 997

Ufologlar Yerga «Nibiru» sayyorasi rekord darajada yaqinlashganini aytishmoqda

Ufologlar Yerga «Nibiru» sayyorasi rekord darajada yaqinlashganini aytishmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari geologiya xizmati sobiq xodimi Itan Troubrij «X sayyora», ya’ni, «Nibiru» sayyorasi Yerga keragidan ortiq tarzda yaqin kelgani haqida xabar tarqatdi.

Ma’lumki, dunyo olimlarining aksariyati «Nibiru» yer yuzi uchun o‘ta xavfli sayyora ekanini qayta-qayta ta’kidlashgan. Troubrij esa yaqin kunlarda bo‘lib o‘tgan suv toshqinlari, loy ko‘chkisi, kuchli zilzilalarning barchasi o‘sha sayyora bizga rekord darajada yaqinlashib kelgani sababli ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, qiyomat xuddi o‘sha «Nibiru» bilan birgalikda tobora yaqinlashmoqda.

— Vulqonlarning uyg‘onishi, — deydi Troubrij. — Yaponiyada yaqinda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi, Amerika qit’asidagi tabiiy ofatlar, yerning yorilishi va hokazolar «Nibiru» sayyorasining tortish kuchi tufayli sodir bo‘lyapti. Qolaversa, o‘zga sayyoraliklar «Nibiru» yerga yaqinlashib kelganini allaqachon sezishgan. Shu sababli ular katta tezlikda Yer sayyorasini tark etmoqda…

Nima bo‘lmasin, baribir xudoning aytgani bo‘ladi. Shunday ekan, qadimgilarning «folga ishon, ammo folsiz yurma» qabilidagi gaplarini yodga olish kifoya. Yana shuni alohida aytib o‘tish kerakki, qirq yil qirg‘in bo‘lganda ham ajali yetgan o‘ladi. Bunga Gavay orollaridagi vulqon portlashini misol sifatida keltirsa bo‘ladi. Portlash va lava oqib kelishi tufayli hududlardan birida deyarli hamma odam o‘lim topgan. Lekin ikki kishi beziyon orolni tark etishga muyassar bo‘lgan. Ularning biri Gavay orolining xavfsiz hududida yashagani, ikkinchisi esa ulkan toshlar bilan to‘sib qo‘yilgan turma kamerasida o‘tirishi sababli tirik qolgan. Shuning o‘zi xudo yagona va qudratda tengsizligiga isbot emasmi?

Manba: "Hordiq" nashri

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ufologlar Yerga «Nibiru» sayyorasi rekord darajada yaqinlashganini aytishmoqda