Britaniyaning Daily Mail nashri Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16 iyulda Xelsinkidagi uchrashuvga kelgani aytilayotgan samolyotlarni taqqosladi.
Foto: RIA Novosti/Mixail Klimentev
Foto: US Navy
Jurnalistlarning yozishicha, Putinning Il-96 samolyoti Trampning modifikatsiyalangan Boeing 747-200B samolyotidan 500 mln dollar arzonroq turadi. Shuningdek, ikki samolyotning maksimal tezligi ham farqlanadi: Il-96’ning maksimal tezligi soatiga 900 kmni, Boeing’niki soatiga 1000 kmni tashkil qiladi. Shuningdek, Il-96 uzunligi 65 metrga, Boeing’niki 70 metrga teng.
Il-96. Foto: kungurov.livejournal.com
Il-96. Foto: kungurov.livejournal.com
Maqola mualliflari shunga qaramay, Putinning samolyoti Trampnikidan hashamatliroq ekanligini aytishgan. Putinning samolyotida sport zali, lyuks vanna hamda King-size o‘lchamidagi karavot bor. “Boingda” esa bunday sharoitlar yo‘q.
Il-96. Foto: Daily Mail
Il-96. Foto: Daily Mail
Il-96. Foto: Daily Mail
Il-96. Foto: kungurov.livejournal.com
Boeing 747-200B. Foto: kungurov.livejournal.com
Boeing 747-200B. Foto: kungurov.livejournal.com
AQShning birinchi raqamli borti ancha soddaroq bo‘lib, unda ishchi xona, tovush o‘tmaydigan anjumanlar zali, oshxona, ovqatlanish joyi bor. Bularning barchasi Putinning samolyotida ham bor. Jurnalistlar Rossiyaning birinchi raqamli bortining hashamatli intereriga e’tibor qaratishgan – oq charmli kursilar va anjumanlar zalida o‘rnatilgan, qimmatbaho yog‘och turidan yasalgan stol.
Boeing 747-200B. Foto: Daily Mail
Biroq haqiqatni aytganda, Rossiya va AQSh yetakchilarining samolyotlarini taqqoslash g‘oyasi britaniyalik jurnalistlarga emas, rossiyalik blogerga tegishli. Uning maqolasi 2015 yilda e’lon qilingan. Britaniyalik jurnalistlar esa bu maqolani inglizchaga tarjima qilib, yangilik sifatida taqdim qilishgan, xolos.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi