15:20 / 26.07.2018
3 863

Tramp kuyovi va uning otasi orqali Yaqin Sharq masalasini hal etmoqchi

Tramp kuyovi va uning otasi orqali Yaqin Sharq masalasini hal etmoqchi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati Yaqin Sharq muammosini hal qilish maqsadida mintaqani iqtisodiy rivojlantirish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Oq uy rasmiy xabar tarqatdi deydi Kun nashri.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maslahatgo‘ylari Isroil-Falastin masalasini ijobiy hal etuvchi iqtisodiy rivojlanish rejasini tuzmoqda. Donald Trampning fikricha, ushbu reja shu yilning o‘zida amaliyotga tatbiq etilishi zarur, ammo AQShning Yaqin Sharq mintaqasida tutgan siyosati, ayniqsa Al-Quds shahrini Isroil poytaxti sifatida tan olishi bu masalani qiyinlashtirib yuboradi.

Falastinliklar Trampga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan, uning mintaqaga oid har qanday harakatiga qarshi namoyishlar o‘tkazishmoqda.

Prezident ma’muriyati taklif etayotgan reja esa quyidagicha: Ivanka Trampga uylangan, Oq uy maslahatchisi Jared Kushner va uning otasi, huquqshunos Jeyson Grinblatt ziddiyat ishtirokchilari o‘rtasida muzokaralarni tashkil etishga mas’ul etib tayinlandi. Nizolashayotgan taraflarning har biri mintaqada tinchlik o‘rnatilishi uchun shartlarni e’lon qilishi so‘ralmoqda.

Bu vaziyatda Donald Tramp iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishga tushirib, ziddiyatni yumshatmoqchi bo‘lyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp kuyovi va uning otasi orqali Yaqin Sharq masalasini hal etmoqchi