00:12 / 27.07.2018
5 413

Mo‘g‘uliston markaziy banki xalqdan jami 8,3 tonna sof oltin sotib oldi…

Mo‘g‘uliston markaziy banki xalqdan jami 8,3 tonna sof oltin sotib oldi…
Oltin yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olingan. Qolaversa, bu yilgi natija o‘tgan yildagiga nisbatan 14 foiz ko‘pchilikni tashkil etdi.

Agar 23 iyul yakunlari bo‘yicha hisoblansa, aholidan sotib olingan har bir gramm oltin uchun 97, 09 tug‘riq (4 dollar) dan haq to‘landi.

Aholini o‘zlaridagi oltinni sotishga qiziqtirish uchun markaziy bank va boshqa tijorat banklari o‘zaro hamkorlikda «Milliy oltin xazina jamg‘armasiga» deb nomlangan 5 oylik kompaniya e’lon qildi. Kompaniya may oyida start olgan.

Aytishlaricha, davlat va tijorat banklarining aholidan oltin sotib olish jarayoni avgust oyida avj pallaga kiradi. Chunki avgust oyida uch oylik oltin qazish mavsumi boshlanadi.

Oltin qazish bilan shug‘ullanuvchi aholi vakillari 2017 yilning o‘zida Mo‘g‘uliston markaziy bankiga 20 tonna sof oltin quymasini sotishgan. Bu 800 million dollarga teng demakdir.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mo‘g‘uliston markaziy banki xalqdan jami 8,3 tonna sof oltin sotib oldi…