06:31 / 27.07.2018
5 238

“Tojikiston emas, Rahmon Tojikistoni bo‘lsin”

“Tojikiston emas, Rahmon Tojikistoni bo‘lsin”
Tojikistonlik Muhsini Zikrullo Til va atamashunoslik qo‘mitasiga murojaat qilib, mamlakat nomini prezident Imomali Rahmon sharafiga Rahmon Tojikistoni deb atashni taklif qildi. Bu haqda “Axbor” nashri xabar bermoqda.

Muhsini Zikrullo bu taklifini Feysbukdagi “O‘ylash uchun axborot/Axbor baroi afkor” deb nomlangan guruhga joylashtirgan.

“Nega Arabiston Saudiya deb ataladi? Chunki Ibn Saud 1926 yilda Arabistonni parchalanib ketishdan saqlab qolgan va 1932 yilda mamlakat nomiga Saudiya so‘zi qo‘shildi. Tojikiston ham 1992 yilda yo‘q bo‘lib ketish arafasida edi, Ibn Rahmon uni bo‘linib ketishdan saqlab qoldi va bugun biz davlatimizga egamiz”, – deya yozdi u.

Muhsinu Zikrulloning bu taklifi ijtimoiy tarmoqda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar Zikrulloning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Ba’zilar esa uni maddohlikda aybladi. Foydalanuvchilardan biri istehzo bilan “mamlakat nomini Rahmoniston deb nomlash kerak”ligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil 66 yoshga to‘ladigan Imomali Rahmon Tojikistonni 1992 yildan beri boshqarib kelmoqda. Unga rasman “Millat peshvosi” va “Tinchlik va milliy birdamlik asoschisi” maqomlari berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tojikiston emas, Rahmon Tojikistoni bo‘lsin”