20:14 / 28.07.2018
3 732

Chernogoriya investitsiyalar uchun fuqarolikni taklif qilmoqda

Chernogoriya investitsiyalar uchun fuqarolikni taklif qilmoqda
Chernogoriya hukumati investitsiyalar orqali respublika fuqaroligini olish dasturini e’lon qildi. Bu haqda fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Henley & Partners kompaniyasi xabar bergan. Tashkilot sarmoyalar orqali fuqarolik dasturlarini joriy etish bo‘yicha ba’zi mamlakatlar hukumatlarining maslahatchisidir. Davlat dasturiga oid ma’lumotlar Chernogoriya hukumatining rasmiy saytida ham e’lon qilindi.

Chet elliklar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab respublika pasportiga ega bo‘lishlari mumkin. Ehtimoliy investorlarga homiylik uchun bir necha variantlar taklif etiladi. Ular orasida - mamlakatning rivojlangan hududlarida hukumat tomonidan tasdiqlangan loyihalarga 450 ming yevro miqdorida sarmoya yoki kam rivojlangan hududlarda loyihalar uchun 250 ming yevro miqdorida investitsiya kiritish.

Dasturning dastlabki uch yilida faqat 2 ming nafar xorijiy fuqaro investor sifatida pasport olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dasturga ariza topshirilganidan so‘ng bir oy ichida dastur qatnashchilari Chernogoriyada doimiy yashovchi maqomini, olti oydan keyin esa - mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chernogoriya investitsiyalar uchun fuqarolikni taklif qilmoqda