18:46 / 28.07.2018
7 058

Xiyonat uchun tovon to‘lash… (yoki ayolning yaqinlari "jazmanni" tutib, bosh terisini tiriklay shilishga urinishdi)

Хиёнат учун товон тўлаш… (ёки аёлнинг яқинлари "жазманни" тутиб, бош терисини тириклай шилишга уринишди)
Germaniyaning Essen shahrida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan fojia sodir bo‘ldi. Shubhasiz, fojia xotinning eriga xiyonati intihosi desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Xullas, ismi-sharifi tergov manfaatlarini o‘ylab sir tutilayotgan 19 yoshli ayol Suriyadan Germaniyaga oqib kelgan arab qochoqlaridan biri. Oilali. Ikki yil oldin o‘z millatdoshiga turmushga chiqqan. Arablar odatimi, eri bilan turmush qurishdan oldin shartlashilganlik haqida hujjat tuzgan. Er bo‘lmish uning oilasiga qalin sifatida katta pul va qimmatbaho taqinchoqlarni taqdim etgan.

Ana endi shu ayol Germaniyaga qochoq sifatida kirib kelishgach, nemis tilini o‘rganish kursiga qatnay boshlagan. Kursda o‘zi tengi arab yigiti bilan tanishib qolgan. Iblisning kasofati-da, qisqa vaqt ichida ular bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishdi va uchrasha boshlashdi. Kunlarning birida erining qarindoshlari internetdagi ijtimoiy tizimda ayol begona erkak bilan quchoqlashib turganini ko‘rdi-yu, bu haqda uyidagilarga ma’lum qildi. Arablar qonuniga ko‘ra, xiyonatkor ayol o‘ynashiga qo‘shib o‘ldirib yuborilarkan. Ammo er xotinini o‘ldirmaslikka qaror qildi. U bilan uchrashib yurgan erkakni esa shafqatsizlarcha jazolashga bel bog‘ladi…

Shu yil 31 may kuni hech narsadan bexabar yigit, ya’ni, suriyalik erli ayolning jazmani ishdan keyin kechqurun o‘zi yashaydigan uyga kirib keldi. Qarasa, uni 8 nafar erkak kutib turibdi. Darrov hayoti xavf ostida ekanini idrok etdi va qochishga tutindi. Ko‘pchilik, baribir, ko‘pchilik-da! Yetib olishdi va oldin itdek savalab, keyin mashinaga o‘tqazishdi-yu, noma’lum tarafga olib ketishdi.

— Biz qo‘lga olinganlardan birining telefonida, — deydi prokuror Brigitte Yurgens. — Videomaterialni aniqladik. Unda erli ayolning jazmanini qo‘l-oyog‘i boylangan holda polda o‘tirgani aks etgan. Keyin esa tepasidagilardan biri yigitning bosh terisini shilib olishga uringan. Keyinchalik tiriklay ichak-chavog‘ini, o‘pkasini sug‘urib olishga urinish harakatlari sodir etilgan. Faqat tasodif, xudoning inoyati, qolaversa, vrachlar sa’y-harakati natijasida jabrlanuvchi tirik qolgan. Buning qanchalar dahshatli ekanini tasavvur qilyapsizmi?..

Jinoyat sodir etilgach, qotillarning uch nafari qo‘lga olindi. Yana 22-46 yosh oralig‘idagi yetti erkak va ikki ayol qamoqqa olindi. Xiyonatkor ayolning ota-onasi ham hibsga olingan.

Tergov jarayonida jinoyatchilardan biri bu ishni arablar odatiga ko‘ra amalga oshirishganini aytdi. Suriyadagi arablarda xiyonat uchun aybdorni o‘ta dahshatli tarzda qiynab o‘ldirish talab etilarmish. Xiyonatkor ayolning o‘ldirilmagani sababini eri oddiy so‘zlar bilan izohladi. Ya’ni, uylanayotganda qalin sifatida katta pul va qimmatbaho taqinchoqlar bergan, shularga achinganmish.

Politsiya komissari Frenk Rixter ushbu qotillik jinoyatiga to‘xtalarkan, shunday dedi:

— Bu dahshat! Bunday ish hech qaysi qolipga sig‘maydi. To‘g‘ri, Suriyada bu oddiy holdir. Lekin siz Germaniyada ekaningizni unutmasligingiz kerak edi. Germaniyada bunday o‘zboshimchaliklar va vahshiyliklar munosib jazolanadi. Hali jinoyatchilar shunday jazo olishsinki, boshqalariga maktab vazifasini o‘tasin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xiyonat uchun tovon to‘lash… (yoki ayolning yaqinlari "jazmanni" tutib, bosh terisini tiriklay shilishga urinishdi)