12:25 / 29.07.2018
7 337

Buxorolik Sadoqat Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi (video)

Buxorolik Sadoqat Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi (video)
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qiz AQSh politsiyasi safida xizmat qilmoqda. Bu haqda “Amerika ovozi”ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, buxorolik Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda.

Uning bobosi va buvisi Sadoqat Nyu-York shahri osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishidan xursand ekanliklarini bildirishdi.

Ma’lumot berilishicha, Nyu-York tinchligini 36 ming nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buxorolik Sadoqat Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi (video)