14:01 / 29.07.2018
4 134

Figurali uchuvchi Denis Tenning qotilligida gumon qilingan uchinchi shaxs hibsga olindi

Figurali uchuvchi Denis Tenning qotilligida gumon qilingan uchinchi shaxs hibsga olindi
Qozog‘iston sudi taniqli figurali uchuvchi Denis Tenning o‘limida gumon qilingan uchinchi shaxsni hibsga oldi, deya xabar beradi mahalliy OAV mamlakat bosh prokurorining o‘rinbosari Marat Axmetjanovga tayanib.

“Bu jinoyatni sodir etish gumoni bilan uch nafar shaxs hibsga olindi. Yetarlicha dalillar to‘plandi, ularning qonuniyligini prokuror tekshirmoqda. Sud tomonidan ehtiyot chorasi sifatida ularni hibsga olish borasida qaror qabul qilindi. Uchinchisi jinoyat to‘g‘risidagi xabarni yetkazmagani uchun ushlandi”, – dedi Axmetjanov matbuot anjumanida.

Shu bilan birga Bosh prokuror o‘rinbosari hibsga olingan uchinchi shaxsning ismi sharifini oshkor qilmadi. Uning so‘zlariga qaraganda, ikkita — bir gurux shaxslar tomonidan g‘arazli maqsadda qotillik sodir etish va bir gurux shaxslar tomonidan qaroqchilik qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Mahalliy axborot agentliklarining Olmaota shahar Olmali tuman sudiga tayanib xabar qilishicha, sudga bir gurux shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat va o‘g‘irlik borasida ma’lumot bermagan Janar Toliboyevaga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida ikki oy muddatga hibsda ushlab turish yuzasidan qaror chiqarish borasida ariza berilgan. Informburo yangiliklar sayti ma’lumotiga ko‘ra, gap bu yerda figurali uchuvchi Denis Tenning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ishdagi gumondor haqida bormoqda. Olmali tuman sudi Toliboyevaga nisbatan ikki oy muddatga ehtiyot chorasi sifatida qamoqda ushlab turish borasida qaror qabul qildi.

Bundan avval ushlangan ikki nafari o‘z ayblariga iqror bo‘lish borasida ko‘rsatma berishdi.

Figurali uchuvchiga 19 iyul kuni hujum uyushtirildi – jinoyatchilar uning Olmaota markazida turgan avtomobilining oynasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi. Tenga bir necha bor pichoq sanchildi, u uch litrdan ortiq qon yo‘qotdi va shifoxonada vafot etdi.

25-yoshli Ten – 2013 yilgi jahon Chempionatining bronza medali sohibi, Sochi Olimpiadasi g‘olibi va VII Qishki Osiyo o‘yinlari chempioni. Shuningdek erkaklar bo‘yicha yakka uchish bo‘yicha besh marta Qozog‘iston chempionidir.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Figurali uchuvchi Denis Tenning qotilligida gumon qilingan uchinchi shaxs hibsga olindi