08:30 / 30.07.2018
3 986

Tramp: AQShning migrantlar to‘g‘risidagi qonuni «dunyodagi eng ahmoqona» qonun

Трамп: АҚШнинг мигрантлар тўғрисидаги қонуни «дунёдаги энг аҳмоқона» қонун
AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlarning farzandlari chegarada oilasidan ajratib qo‘yilishini izohlar ekan, Amerikaning bu sohadagi qonunlarini «dunyoda eng ahmoqona» deb atadi. Bu haqda u o‘zinining tvitterida yozdi.

«Iltimos, tushuning, odamlar chegaralarimizni noqonuniy kesib o‘tar ekan, ularning farzandlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar buning oqibatlari bor», — deb ta’kidladi Tramp.

U shuningdek, ayrim kishilar bolalardan yomon maqsadlarda foydalanishlari mumkinligini bildirdi.

«Kongress migratsiya to‘g‘risidagi dunyodagi eng ahmoqona va yomon qonunni tuzatish uchun chora ko‘rishi shart!» — deb qo‘shib qo‘ydi AQSh prezidenti.

Avvalroq ispan tilida so‘zlashuvchi kongressmenlar AQSh migratsiya siyosatini irqchilik bilan tenglashtirishgani xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: AQShning migrantlar to‘g‘risidagi qonuni «dunyodagi eng ahmoqona» qonun