10:56 / 31.07.2018
5 252

Vijdoni qiynalgan o‘g‘ri pulni qaytarib berdi va kechirim so‘radi

Vijdoni qiynalgan o‘g‘ri pulni qaytarib berdi va kechirim so‘radi
AQShning Arkanzas shtatidagi Klinton shahrida o‘g‘ri olgan pulini qaytarib berdi va kechirim so‘rab yozuv qoldirdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Syuzen MakNabb do‘kon yonida hamyonini unutib qoldirdi va qaytib kelib uni ochganida hamyondan 160 dollar yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi.

«Men politsiyaga bordim va bu haqda xabar qildim», — deydi u.

Tez orada unga politsiyadan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir ayol bo‘linmaga konvert olib kelgan va o‘zini tanishtirmasdan uni tashlab ketgan. Konvert ichida 160 dollar pul va MakNabbga atalgan maktub bo‘lgan.

«Iltimos, meni kechiring. Men doim halol yashashga harakat qilaman va bugun dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydim», degan yozuv bo‘lgan maktubda.

MakNabb uning bu ishidan ta’sirlanib ketganini va qaytarilgan pulni boshqalarga yordam berishga sarflaganini aytdi.

2013 yilda AQShda bir o‘g‘ri oradan 30 yil o‘tganidan so‘ng o‘g‘irlagan pullarini qaytarib bergani haqida xabar qilingandi. U politsiyaga 1200 dollar hamda puli o‘g‘irlangan do‘kon egasini topishlari iltimos qilingan xat jo‘natgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vijdoni qiynalgan o‘g‘ri pulni qaytarib berdi va kechirim so‘radi