09:57 / 02.08.2018
5 260

O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreya immigratsiya xizmati tomonidan do‘pposlandi (video)

O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreya immigratsiya xizmati tomonidan do‘pposlandi (video)
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 16-iyul kuni soat taxminan 15:30 larda Kyongnam viloyati Haman tumanida sodir bo‘lgan. Janubiy Koreya universitetlaridan birida magistraturada tahsil olishi aytilgan o‘zbekistonlik talabaning yoshi 23 da bo‘lib, yozgi ta’til vaqtida suv quvurlari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi korxonada ishlayotgan bo‘lgan.

"O‘zbekistonlik talaba daraxt soyasida dam olib o‘tirgan paytda to‘satdan paydo bo‘lgan 5 nafar noma’lum kishining hujumiga uchradi. Ular noqonuniy mehnat migratsiyasini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Changvon immigratsiya idorasi xodimlari edi", deyiladi "Hankyoreh" gazetasi e’lon qilgan xabarda.

Unda aytilishicha, Janubiy Koreyaga fevral oyidan beri yashab kelayotgan o‘zbekistonlik yigit koreys tilini uncha yaxshi bilmagani uchun o‘zini ingliz tilida tanishtiradi. Immigratsiya xodimlari uni zo‘rlik bilan qo‘lga olmoqchi bo‘lgan kishilarga «Meni urmanglar» deb baqiradi.

Kuzatuv kameralari yozib olgan videotasvirdan ko‘rinadiki, o‘zbekistonlik talaba immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan bir daqiqadan ortiq vaqt davomida do‘pposlangan va zo‘rlik bilan xizmat mashinasida idoraga olib ketilgan.

O‘zbekistonlik yigit «maxsus ruxsatnomasiz ishlagani uchun» 5 kun hibsda ushlab turilgan va unga 500 ming von (taxminan 450 dollar) miqdoridagi jarima solingan.

Koreys gazetasiga ko‘r, xorijlik talabalar ta’til vaqtida ishlash huquqiga ega, ammo buning uchun immigratsiya idorasidan ruxsat olishi lozim.

Seshanba kuni Kyongnam immigratsiya markazida o‘tkazilgan matbuot anjumani o‘tkazilgan. Unda ishtirok etgan markaz rahbari Li Chol Singning so‘zlariga ko‘ra, immigratsiya xizmati zobiti o‘zbekistonlik yigitga elektroshoker bilan tahdid qilgan.

"Hankyoreh" gazetasi xabariga ko‘ra, kaltaklangan yigit immigratsiya xizmati xodimlari ustida sudga shikoyat qilish arafasida. U o‘ziga yetkazilgan jicmoniy zarar uchun tovon to‘lanishi va zobitlar jazolanishini istaydi.

Mazkur xabar koreys matbuotida e’lon qilinishi ortidan Janubiy Koreya prezidentining virtual qabulxonasida norozilik petitsiyasi paydo bo‘lgan. Murojaatda Janubiy Koreyada osiyolik muhojirlarga nisbatan diskriminatsiya borligidan shikoyat qilingan. «Uning o‘rnida amerikalik oq tanli biror kishi bo‘lsa ham shunday munosabat ko‘rsatilarmidi» deya zaharxanda qilgan murojaat muallifi. Hozircha petitsiyani 16 kishi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreya immigratsiya xizmati tomonidan do‘pposlandi (video)