07:01 / 03.08.2018
2 869

Qozog‘istonda “neft o‘g‘irlash” ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga qonuniy jazo berildi

Qozog‘istonda “neft o‘g‘irlash” ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga qonuniy jazo berildi
Oqtobe shahar sudi “neft o‘g‘irlash” ishi bo‘yicha xukm o‘qidi. Bu ish bo‘yicha 26 kishidan iborat guruhga ayb qo‘yilgan edi.

Bu ish bo‘yicha bosh ayblanuvchi — Yerkin Izbasarni sud 12 yil ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Uning yordamchisi sifatida ko‘rilgan Auxat Kaliyev sud tomonidan 11 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Sud ularning mol-mulkini musodora qilish borasida hukm chiqardi.
Sport metsenati, birinchi guruh nogironi 51-yoshli Yerkin Izbasarni xukumat jinoiy guruh tashkil qilish va unga rahbarlik qilishda aybladi. Unga nisbatan 10dan ortiq modda bo‘yicha ayb qo‘yildi. Bu ish bo‘yicha sud jarayonida prokuror Izbasarni 15 yil qamoqqa hukm qilish borasida so‘radi. Sud jarayonida Yerkin Izbasar o‘ziga qo‘yilgan ayblovni inkor qildi va qo‘lga olinganidan so‘ng qiynoqqa solinganini bildirdi.

Oqtobe viloyat IID boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari 56-yoshli Raxat Axanov xizmat vakolatlarini suiste’mol qilganlikda ayblandi va sud tomonidan mol-mulki musodora qilinishi bilan besh yil-u uch oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud qaroriga ko‘ra u politsiya polkovnigi unvonidan va xuquq tartibot idoralari, sud va davlatga tegishli idoralarda ishlash xuquqidan mahrum etildi. Axanovga “Oqtobe neftni qayta ishlovchi zavodlaridan o‘g‘irlangan neftni transportda tashishilishini ta’minlash” aybi qo‘yildi.

Jinoiy ishning boshqa figurantlarini sud 3 yildan 11 yilgacha bo‘lgan muddatlarga mol-mulki musodora etilishi sharti bilan hukm qildi.
Bu ish bo‘yicha sud jarayonlari 5 dekabr kuni boshlangan edi. Tergov materiallariga ko‘ra, jinoiy guruh 2015 yilning iyun oyidan sentyabr oyigacha Qag‘anay konidan «Sagiz Petroleum» kompaniyasiga tegishli 530 tonna neftni o‘g‘irlagan. Bundan tashqari tergov materiallarida ta’kidlanishicha, uzoq yillar davomida Mugaljar tumanidagi Sinelnikov, Bayganin tumanidagi Aщikol va Qaratobe konlaridan neft o‘g‘irlashgan.

O‘g‘irlangan neft xajmi va ko‘rilgan zarar miqdori sud jarayonida turlicha raqamlar bilan izohlandi.
Yerkin Izbasar va uning hammaslaklariga jinoiy guruh tashkil qilish, neft va neft mahsulotlarini o‘zlashtirish, tashish, saqlash va sotish borasidagi ayblov 2016 yil dekabrida Oqtobeda kuch ishlatish salohiyatiga ega idoralarning qo‘shma amaliyotidan keyin qo‘yildi. Xukumatning ma’lum qilishicha, neft va neft mahsulotlari ortilgan avtotsisterna qo‘lga tushirildi, «islomning radikal oqimiga mansub a’zolari” ushlandi.Tergov versiyasiga ko‘ra ular neft o‘g‘rilariga “jinoiy homiylik” qilishgan.

Manba: 7news.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda “neft o‘g‘irlash” ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga qonuniy jazo berildi