18:57 / 04.08.2018
4 950

Oddiy haydovchining daftarlari tufayli o‘nlab amaldorlar hibsga olindi (foto)

Oddiy haydovchining daftarlari tufayli o‘nlab amaldorlar hibsga olindi (foto)
Argentinada amaldorlarning haydovchisi o‘z daftarlaridagi yozuvlarni oshkor qilgach, 12 nafar shaxs hibsga olindi. Daftarlarda u yetkazib berishi kerak bo‘lgan poralar haqidagi yozuvlar bo‘lgan.

Haydovchi Oskar Senteno 2003 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda, hokimiyat tepasida Kristina Fernandes de Kirshner va uning marhum turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshner bo‘lgan vaqtida yozuvlarni kiritib borgan. Senteno yetkazib berishi lozim bo‘lgan pullarning qiymati, vaqti va hatto sumkalarning og‘irligini batafsil yozgan. Shuningdek, u manzillar va boshqa ko‘plab tafsilotlarni, masalan, xo‘jayini sport zaliga qachon borishini ko‘rsatgan.

2018 yil boshlarida Senteno La Nacion gazetasiga sakkizta daftarni topshirdi, nashr hokimiyat vakillariga murojaat qilishdan oldin uning ustida bir necha oy davomida ishladi. 1 avgust kuni nashr ko‘plab hibslarga olib kelgan surishtiruvni e’lon qildi.

Foto: La Nacion

Foto: La Nacion

Foto: La Nacion

Foto: La Nacion
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, daftarlarda 56 million dollar miqdoridagi poralar haqida gap boradi. Sudyaning fikriga ko‘ra, poralar umumiy miqdori 160 million dollarga yetgan.

Qo‘lga olinganidan keyin Senteno tergov bilan hamkorlik qila boshladi. Daftarlar tufayli ushlangan ko‘plab mansabdor shaxslar va tadbirkorlar ko‘rsatma berishdan bosh tortdi. Ishda nomi zikr etilganlar orasida qurilish kompaniyasi sobiq rahbari Xaver Sanches Kabalero, shuningdek, energetika kompaniyasi vitse-prezidenti Xerardo Ferreyra va Xorxe Gilermo Neyra bor.

Foto: Elinterior.com
Bloomberg agentligining ta’kidlashicha, «eng muhim masala» - bu Kristina Kirshnerning hibsga olinishi va unga 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga xalaqit qilishga olib kelishi mumkinligida. Dekabr oyida u davlatga xiyonat va valyuta savdosidagi qonunbuzilish holatlari uchun qamoqdan qutulib qoldi. Bu safar poralar haqidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Kirshnerni deputatlik daxlsizligidan mahrum etishni talab qildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oddiy haydovchining daftarlari tufayli o‘nlab amaldorlar hibsga olindi (foto)