06:30 / 06.08.2018
4 428

Germaniyada jahon rekordi o‘rnatilishiga pashsha xalaqit berdi

Germaniyada jahon rekordi o‘rnatilishiga pashsha xalaqit berdi
Germaniyada mini-dominodan tayyorlangan zanjirni yiqitish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga pashsha xalaqit berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Nidda shahrida bir guruh kishilar domino toshlaridan tayyorlangan eng uzun zanjirni yiqitish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga urinib ko‘rdi. Tayyorgarlik ishlarida 20ga yaqin kishi qatnashdi. Zanjirni tayyorlashga ikki hafta vaqt ketdi. Ammo xira pashsha ularning rejalarini chippakka chiqardi.

"Domino toshlarining kattaligi jimjiloq barmoqning tirnog‘idek keladi. Pashsha muddatidan oldin toshlarning harakatga kelishiga sababchi bo‘ldi va bizda zanjirning barcha qismini qayta tiklashga vaqt bo‘lmadi", — dedi tadbir tashkilotchisi Patrik Sinner.

Lekin ishtirokchilarning urinishlari zoye ketmadi. Ular rejalashtirilgan 600 mingta o‘rniga 569 229 toshni yiqitishga muvaffaq bo‘lishdi. Jarayon 15 daqiqaga yaqin davom etdi va Germaniyadagi eng uzun zanjirli reaksiya sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord 538 ming toshdan iborat zanjirda qayd etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada jahon rekordi o‘rnatilishiga pashsha xalaqit berdi