18:30 / 06.08.2018
5 424

Peterburgda o‘zbekistonlik qiz mehmonxona derazasidan tushib ketdi

Peterburgda o‘zbekistonlik qiz mehmonxona derazasidan tushib ketdi
Sankt-Peterburg huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekiston fuqarosining jarohat olishi bilan bog‘liq holatni tekshirishmoqda. Ayol mehmonxonaning derazasidan tushib ketgan.

Hodisa 2018 yil 4 avgust kuni, taxminan soat 17.30da, Bolsheviklar shoh ko‘chasi, 54-uyda sodir bo‘lgan. Tez tibbiy yordam «Belыe nochi» mehmonxonasi yonidan 25 yoshli qizni olib ketgan. Jabrlanuvchi uchinchi qavatda joylashgan xona derazasidan pastga tushib ketgan.

Qiz Aleksandrovskiy kasalxonasiga yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘ir: shifokorlar unda ko‘p sonli sinishlar va umurtqa shikastlanishini aniqlashgan.

Huquq-tartibot organlari qiz bilan birga mehmonxona xonasida bo‘lgan o‘zbekistonlik 60 yoshli erkakni so‘roq qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda o‘zbekistonlik qiz mehmonxona derazasidan tushib ketdi