16:03 / 07.08.2018
3 477

Birinchi texnologik ekoqishloqdagi hayot qanday bo‘ladi? (foto)

Birinchi texnologik ekoqishloqdagi hayot qanday bo‘ladi? (foto)
Niderlandiyada tiklanadigan energiya va suvda ishlaydigan, oziq-ovqatini o‘zi yetishtiradigan va chiqindilarning katta qismini qayta ishlaydigan yangi avlod qishlog‘i – ReGen paydo bo‘ladi.

Amsterdamdan yarim soatlik yo‘lda joylashgan qishloq hududi yangi tipdagi qishloqqa aylanadi. An’anaviy dala va bog‘lar vertikal fermalar bilan qo‘shni bo‘ladi. U yerda mahalliy aholi o‘z uchun oziq-ovqat yetishtiradi. Ovqat chiqindilari baliqlar uchun yemishga mahalliy ko‘lmak xo‘jaliklariga ketadi. Uylarda yomg‘ir suvini filtrlaydigan tizim o‘rnatiladi. “Qishloq operatsion tizimi” tiklanadigan energiya tizimlarini bir zumda boshqarish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash uchun sun’iy ongdan foydalanadi.

Bunday qishloq deyarli o‘zini o‘zi ta’minlashi mumkin. Dastlab qurilish 2017 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq qurilish kompaniyasi - ReGen Villages yerlarni sotib olishda byurokratiyaga duch kelishiga to‘g‘ri keldi. Avval bu yer maydonlari suv ostida bo‘lgan va damba o‘rnatilgach, 1960 yillarda quritilgan. Qonun bo‘yicha, unda individual yer-joy egasigina qurilishni amalga oshirishi kerak edi. Vanihoyat, ReGen Villages hukumat roziligini olishga erishdi. Endi esa kompaniya keyingi qadamga hozirlik ko‘rmoqda.

Yangi tipdagi qishloqda elektrdan tortib, kanalizatsiyagacha bari dastur nazorati ostida o‘zaro bog‘langan tizimda ishlaydi. Masalan, ekoqishloqda elektromobillardan foydalanish mumkin. Ularni qishloq chetida qoldirishgagina ruxsat beriladi, maqsad piyodalar ko‘chalarini saqlab qolish. Elektrokarlar quyosh panellari va qishloqning tiklanadigan boshqa energiya manbalaridan quvvat oladi.

Qishloq boshqa qishloqlardan ajralib turadi. Uylar oldida mashinalar to‘xtashi uchun joylar bo‘lmaydi, chunki kelajakda haydovchisiz avtomobillar, velosipedlar va piyoda yurish ommalashadi. Ekoqishloq bilan chegarada Almer yoki Amsterdamga (Niderlandiyaning boshqa qismlarida shaharga olib boradigan velosiped trassalari bor) borish mumkin bo‘lgan avtobuslar uchun maxsus yo‘l quriladi. Qishloqda asosan yomg‘ir suvidan foydalaniladi.

Foto: ReGen
Oziq-ovqatning ko‘p qismi asosan qishloqning o‘zida yetishtiriladi. Jumladan, fermerlik, parranda va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ham. Agar aholi vakillaridan kimdir qo‘shnilariga bog‘ parvarishi, yoga bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yoki qariyalarga qarashda yordam bermoqchi bo‘lsa, u holda maxsus blokcheyn tizimidan foydalanadi. Tizim ish vaqtini kuzatib, har oylik to‘lov ulushini hisoblab boradi.

“Tirik mashina” tizimi o‘simlik va daraxtlar uchun kanalizatsiya suvlarini filtrlashdan foydalanadi. Alohida bioreaktor esa chiqindilarni qayta ishlab, sug‘orish va elektrenergiya uchun suv ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat chiqindilari pashsha va suv chuvalchanglari yordamida baliq hamda qushlarga yemish uchun qayta ishlanadi. Boshqa turdagi chiqindilar, masalan alyumin banka va plastik butilkalar loyihaning ilk davrida minitsipal tizim yordamida qayta ishlanishi ko‘zda tutilgan.

Erlixning fikriga ko‘ra, bunday loyihani istalgan joyda amalga oshirish mumkin. To‘g‘ri, qonunchilik bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelish ehtimoli mavjud, shuning uchun siyosiy yordam kerak bo‘ladi. Bu kabi o‘z-o‘zini ta’minlaydigan qishloqlar allaqachon mavjud. Misol o‘rnida tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan va yomg‘ir suvlarini to‘playdigan Gavayya orollaridagi Kuvili Lani qishlog‘ini keltirish mumkin.

Foto: ReGen
Biroq bunday loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar ham bor. Odatiy quruvchi kompaniyalar yirik foiz va qurilishdan tezda chiqishni istashadi. ReGen Villages esa ekoqishloqni uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlab, u qadar katta miqdorda bo‘lmagan foydani rejalashtirmoqda. Kompaniya haligacha sarmoya kiritishning so‘nggi raundini yakunlagani yo‘q. Qishloqdagi qurilish ishlarini 2019 yilda tugatish rejalashtirilgan. Erlix keyingi qishloq joylari tezroq paydo bo‘lishini aytmoqda.

Kompaniya Daniyadagi Lund va Layre-Xvalso ekoqishloqlarini qurishni reja qilgan. Kelajakda ekoqishloqlarning arzon shakllari rivojlanayotgan mamlakatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birinchi texnologik ekoqishloqdagi hayot qanday bo‘ladi? (foto)