08:01 / 08.08.2018
3 419

Afg‘on tadbirkorining so‘zlari

Afg‘on tadbirkorining so‘zlari
Kecha, O‘zbekistonga sarmoya kiritish uchun kelgan bir afg‘on tadbirkori bilan tanishib, suhbatlashib qoldim. Suhbat davomida Afg‘onistonda "Ayol, uning jamiyatda tutgan o‘rni, hozirgi Afg‘onistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli" haqidagi ba’zi savollarimga olgan javoblarimning o‘ndan birini, sizlar bilan baham ko‘raman.

Afg‘on tadbirkori:

– “Bizda hech bir tashkilotning oldida ayollar navbat kutmaydi. Hatto ayolning hurmatidan, u bilan birga kelgan erkaklar ham shu imtiyozdan foydalanishadi shuning o‘zidan bilsangiz bo‘ladi, bizda ayolning hurmati qandayligini”.

– “Biz ayolni, onani mo‘’tabar deb bilamiz, Afg‘onistonda ayolning o‘rni yo‘q, hurmati yo‘q”, deb tuhmat qilayotganlar, bular Amriko va Angliya boshliq musulmon dushmanlaridir”.

– “Ular Afg‘on xalqining oziq-ovqatiga, kiyimiga, iqtisodiga, diniga, yashash tarziga, nomusiga tajovuz qilishmoqda. Shu yo‘lda bizning soddafahm ayollarimizdan foydalanishmoqda”.

– “Ayolni aldash osonligini ular bilishadi, 60-70% aholi ayollardan tashkil topgan. Ayollarning ovozidan foydalanib davlatga, hukumatga kerak bo‘lsa, xalqqa o‘zlarining hukmini o‘tkazish, uni o‘zgartirish oson kechadi. Shuning uchun hozir Afg‘on ayollarining fikru xayolini har xil aldovchi axborotlar bilan buzishmoqda. Erga itoatni, oilaga sadoqatni, Islom dini ahkomlarini “qullik”, “qoloqlik” deb ta’riflashmoqda. Tabiiyki, 40 yildan buyon diniy ilm va ta’lim-tarbiya tizimi izdan chiqqan xalq, savodsizlarcha bunga ergashishmoqda.

– “OAVning barchasi Amriko, Angliya va Isroilning qo‘liga o‘tgan. Barchasida fahsh ko‘rsatuvlaru, kinolar qo‘yishyapti. Xalqimizning ongu shuurini yengil va jimjimador ammo fahshga boradigan hayot tarziga o‘tkazishmoqda. Odamlarimiz shu TV orqali bo‘layotgan va gapirilayotgan fitnalarga ishonishmoqda”.

– “Tolibon va boshqa shunga o‘xshagan guruhlar bu hammasi Amrikoni xizmatkor-malayi, ularning Afg‘on xalqining diniga, nomusiga, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga yetkazgan va keltirgan talofatlari behisob. Xalq ichida tolibon nomining qo‘rquvidan, kasofatidan kimnidir “tolib” desang, “qori” desang, xafa bo‘ladigan darajaga yetgan”.

– “Internetda afg‘on xalqini, ayollarni xo‘rlagan video roliklari ko‘payib bormoqda, Bu hammasi uyushtirilgan, fitnadan boshqa narsa emas. Masalan, o‘sha hammaga mashhur “Farxunda voqeasi” bu Amerikani, dunyo jamoatchiligiga, o‘zi tarafidan uyushtirilgan spektakli edi.

O‘sha yerda, o‘sha voqea sodir bo‘layotgan vaqtda mirshablar shu ishning boshida turishgan, ammo hech biri o‘sha ayolni «o‘zlari yollagan xalq»dan ajratib olishmagan, chunki yuqoridan buyruq bo‘lgan “aralashma!”, “qo‘yib beringlar oxirigacha!”, deb. Mirshablar, hatto, havoga qaratib bo‘lsa ham bittagina o‘q uzishmagan. Vaholanki, oddiy bir kelishmovchiliklarda ham, mirshablar odamlarning oyog‘iga o‘q uzib jarohatlashadi, ajratish uchun. Bu voqeada hammasi tomoshabin bo‘lib turishgan va asosan o‘zlari tomonidan yollagan odamlar shu ishni bajarishgan. Ular dunyo jamoatchiligiga afg‘on xalqini, islom shariatini, shunday shavfqatsiz qilib ko‘rsatishni xohlashgan”.

– “Afg‘on xalqini o‘zlarining hukmlariga bo‘ysundirish oson kechishi uchun, shunday razilliklarni amalga oshirishmoqda”.

– “Hozir ular milliardlab dollarni sarflashyapti, ayollarni ko‘chaga chiqarish uchun. Ularga pullar taklif qilishyapti, ayollarni ijtimoiy munosabatlarda keng va faol ishtirok etishlari uchun. Ammo bu – ayol latofatini uning erki va mavqeini, oilada tutgan o‘rnini, asl tabiatini o‘zgartirishga qaratilgan harakatdan boshqa narsa emas. Hozirgi kunlarda ular qandaydir “markazlar” tashkil qilishgan. Qaysi ayol eridan, ota-onasidan, aka-ukalaridan norozi bo‘lib kelsa, bizning himoyamizga o‘tadi. “Biz unga barcha sharoitlarni muhayyo qilib beramiz”- deb, “pul va yaxshi hayot” va’dalarini berib, ayollarning fikru xayolini buzishmoqda. Bu esa katta-katta muammolarni keltirib chiqarmoqda...
Daler ZIKIR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘on tadbirkorining so‘zlari