20:36 / 10.08.2018
5 289

3 yoshli qiz intellektda Eynshteyn va Xokingni ortda qoldirdi (foto)

3 yoshli qiz intellektda Eynshteyn va Xokingni ortda qoldirdi (foto)
Angliyada yashovchi 3 yoshli Ofeliya Morgan-Rosa IQ (intellekt kooffitsenti) bo‘yicha Albert Eynshteyn va Stiven Xokingni ham ortda qoldirdi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr»ga tayanib "Xabar" nashri.

Nisbiylik nazariyasi va qora tuynuklar haqida fikr yuritayotgan qizaloq buyuk fizik olimlarni ham ortda qoldirib IQ (intellekt koofitsenti) bo‘yicha 171 ball to‘plagan.

Qizaloqning onasi Nataliya Morgan Ofeliyaning iqtidorini anglab, uni mutaxassislarga olib borgan.

Ofeliyaning intellekt kooffitsenti avval Angliyada eng aqlli deb tanilgan 11 va 12 yoshli bolakaylarnikidan ham yuqori ekan. U bir yoshga to‘lmasdan avvalgi xotiralarini ham aniq eslay oladi.

Ofeliya Angliyaning eng yuksak IQ jamiyati «Mensa» (insonlarning eng yuksak intellekt kooffitsentini aniqlovchi yirik, qadimiy va mashhur tashkilot)ning eng jajji a’zosi bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 3 yoshli qiz intellektda Eynshteyn va Xokingni ortda qoldirdi (foto)