07:17 / 14.08.2018
3 661

Sietlda olib qochilgan samolyot kimsasiz orolga quladi

Sietlda olib qochilgan samolyot kimsasiz orolga quladi
Bugun AQShning Sietl shahridagi Takoma xalqaro aeroportidan o‘zini «singan yigit» deb atagan Horizon Air aviakompaniyasi ishchisi ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan Bombardier Q400 samolyotini olib qochib ketgani haqida xabar bergan edik.

Ismi oshkor qilinmayotgan 29 yoshli uchuvchi boshqargan, 76 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan samolyot Pyujet qo‘ltig‘i uzra parvoz qilgan. Samolyotning parvoziga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, u osmonda xavfli figuralar yasagan. Samolyotni dispetcherlarning ruxsatisiz olib qochgan shaxs aviakompaniya xodimi bo‘lib, u samolyotlarga yerda xizmat ko‘rsatib kelgan.

Samolyot parvoz uchun ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, Portlenddagi harbiy havo bazasidan ikkita F-15 qiruvchi samolyoti «yerdagi insonlarni himoya qilish uchun» osmonga ko‘tarilgan va Bombardier’ni kuzatib borishgan.

Bombardier Q400 parvoz qilganidan bir yarim soat o‘tib, u Pyujet qo‘ltig‘idagi kimsasiz orolga qulagan. Uning qulashiga nima sabab bo‘lganiga hozircha aniqlik kiritilmayapti. Samolyot halokati natijasida yerda jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q. Sherif vakilining aytishicha, uchuvchida o‘z joniga qasd qilish istagi bo‘lgan va sodir bo‘lgan voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘q. Mazkur voqea Federal qidiruv byurosi tomonidan surishtiriladi.

«Ko‘plab insonlar men uchun qayg‘urishadi. Ular mening bu ishga qo‘l urganimni eshitishsa hafsalasi pir bo‘lishi turgan gap. Men ularning har biridan kechirim so‘ramoqchiman. Shunchaki, ikki parrak o‘rtasidagi singan bir yigitman», — degan samolyotni olib qochgan shaxs dispetcherga.

Samolyot halokatga uchragach, Horizon Air kompaniyasi rahbari Konstans fon Myulen shunday degan:

«Bizning qalblarimiz — halok bo‘lgan yigitning oilasi, shuningdek, Alaska Air va Horizon Air’ning barcha xodimlari bilan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sietlda olib qochilgan samolyot kimsasiz orolga quladi