21:44 / 14.08.2018
3 673

Shvetsiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda (video)

Shvetsiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda (video)
Shvetsiyaning turli shaharlarida niqob kiygan yoshlar 97 ta avtomobilga o‘t qo‘ydi, deb ma’lum qilmoqda «Darakchi».

Gyoteborg shahrida noma’lum kishilar 80 ta avtomobilni, Stokgolmda – yettita, Uppsalda – oltita, Malmyo va Helsingborgda – ikkita avtomobilni yoqib yuborishgan.

Politsiyaga birinchi xabar mahalliy vaqt bilan soat 21.00da kelib tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qora kiyimda bo‘lgan jinoiy guruh vakillari avtomashinalarga benzin qo‘yib, o‘t qo‘ya boshlagan.

Shuningdek ular qo‘llaridagi beysbol bitalari bilan avtomashinalarga shikast yetkazgan, voqea joyiga kelgan qutqaruvchilarga yordam bergan politsiyachilarga qarata tosh otishgan.

Gyoteborg politsiyasi boshlig‘i Klayes Daxlstremning xabar berishicha, avtomobillar yaqinida toshlar va pirotexnika vositalari topilgan.

Ushbu hodisalar oqibatida hech kim jabrlanmagan. Politsiya bezorilarni topish va qo‘lga olish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven bo‘lgan voqealardan juda afsusda ekanini bildirgan.

Mazkur voqealar aks etgan videolavhalarni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada ommaviy ravishda mashinalarga o‘t qo‘yilmoqda (video)