20:20 / 15.08.2018
3 964

Bokuda o‘tkazilgan aksiyada dollarlar yoqib yuborildi (video)

Bokuda o‘tkazilgan aksiyada dollarlar yoqib yuborildi (video)
Kecha, 14 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi AQShning Turkiyaga sanksiya kiritishiga qarshi aksiya bo‘lib o‘tdi.

Bokudagi Turkiya elchixonasi oldida o‘tgan aksiyada “daf bo‘lsin dollar”, “Yashasin Turkiya, yashasin Erdo‘g‘an!” degan shiorlar yangragan.

“Bugun Ozarbayjon, Pokiston, Qatar va Markaziy Osiyo davlatlari Turkiyaning yonidalar. AQSh 15 yilda ham Turkiyani qo‘lga kirita olmadi va endi o‘rtada moliyaviy inqiroz yuzaga keltirmoqchi”, degan namoyishchilardan biri.

Aksiya vaqtida ishtirokchilar barchaga ko‘rsatgan holda dollarni yoqib yuborganlar.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Turkiya o‘zaro kelisha olmay qolgani natijasida Amerika Turkiyaning ikki nafar vaziriga sanksiya qo‘lladi. Adliya vaziri Abdulhamid Gul va Sulaymon Soylular amerikalik rohib Endryu Brensonni hibsga olishga aloqador bo‘lganliklari uchun Amerikaning “qora ro‘yxat”iga tushdilar.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bokuda o‘tkazilgan aksiyada dollarlar yoqib yuborildi (video)