09:02 / 16.08.2018
3 549

11 yoshli xaker AQShdagi saylov natijalari sayti nusxasini 10 daqiqada buza oldi

11 yoshli xaker AQShdagi saylov natijalari sayti nusxasini 10 daqiqada buza oldi
Xakerlarning yillik DEFCON anjumanida ishtirokchilardan biri Florida shtati sayti nusxasini buzib kirdi va ovoz berish natijalarini o‘zgartirdi.

Minglab katta yoshli xakerlarni jamlaydigan mazkur tadbirda 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar boladan iborat guruh ham qatnashdi. Ularning oldiga turli shtatlardagi prezidentlik saylovlari natijalari haqida OAVga ma’lumot beruvchi 13ta saytning nusxasini buzish vazifasi qo‘yildi.

DEFCON tashkilotchilari tomonidan Emmett Bryuer deb tanishtirilgan bolakay Florida davlat kotibi saytining nusxasini buzdi.

Emmettning otasi kiberxavfsizlik sohasida ishlaydi va o‘g‘lini DEFCON anjumaniga to‘rtinchi bor olib keldi.

«Aslida bu juda qo‘rqinchli, — dedi 11 yoshli xaker bu ishi haqida. – Odamlar bunday saytlarni osongina buzib kirishadi va katta zarar yetkazishadi».
Shtatlar kotiblari milliy assotsiatsiyasining vakillari saylov tizimi xavfsizligini ta’minlashga yordam berish istagida bo‘lgan DEFCON qatnashchilari bilan hamkorlik qilish niyatini bildirdi.

Hujumlarga nisbatan zaif bo‘lishiga qaramasdan, bu saytlardan faqatgina OAV uchun norasmiy natijalarni e’lon qilish uchun foydalaniladi. Ularning ovozlarni hisob-kitob qilishga aloqasi yo‘q va saylovlar natijalariga ta’sir qilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 11 yoshli xaker AQShdagi saylov natijalari sayti nusxasini 10 daqiqada buza oldi