11:11 / 17.08.2018
4 013

Chet ellik sayyohlarni Tojikistonda o‘ldirgan terrorchilarga 1 mln dollar va’da qilingan

Chet ellik sayyohlarni Tojikistonda o‘ldirgan terrorchilarga 1 mln dollar va’da qilingan
Tojikistonning Dang‘arasida yuz bergan teraktga deyarli ikki hafta bo‘ldi. 29 iyul kuni Dang‘ara tumanining Sebiston jamoati hududida chet ellik velosayyohlar guruhini mashinada bosib ketishdi.

Natijada to‘rt nafar turist halok bo‘ldi, maxsus amaliyot chog‘ida esa to‘rt kishi yo‘q qilindi. Ulardan ikkisi - aka-uka Asliddin va Jafariddin Yusupovlar - Nurekda yashagan, deb xabar qilmoqda “Kun.uz”.

Nashr muxbirlari ushbu shaharga borishgan. Mish-mishlarga ko‘ra, aka-uka Yusupovlarga sayyohlarga hujum uchun katta pul to‘langan.

“Aytishlaricha, ular buning uchun 1 mln dollar olishgan”, - deb aytgan mahalliy aholi vakillaridan biri.

Nashr xodimlari aka-uka Yusupovlarning onasi - Nabotbegimning oldiga borishmoqchi bo‘lishgan. Biroq, uni hibsga olishgani haqida xabar berilgan.

“Unga 12 yil berishlari mumkin ekan. Bu u barchasini bilgani va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermagani uchun”, - degan mahalliy aholi vakillari.

Biroq, jurnalistlar Nabotbegimni topishgan. U shahardagi markaziy bozordan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan o‘z kvartirasida bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chet ellik sayyohlarni Tojikistonda o‘ldirgan terrorchilarga 1 mln dollar va’da qilingan