09:58 / 20.08.2018
3 675

Afg‘oniston hukumati toliblar bilan 3 oyga o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

Афғонистон ҳукумати толиблар билан 3 ойга ўт очиш тўхтатилишини эълон қилди
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Iyd al-Adha – Qurboy hayit bayrami kirib kelishi munosabati bilan “Tolibon” harakati bilan 3 oylik o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi, deb yozadi Kun nashri.

“Biz Iyd al-Adha bayramiga yaqinlashayotganimiz sababli o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qilamiz. U ertaga, 20 avgustdan kuchga kiradi va “Tolibon” ham shunday javob berishi sharoitida Muhammad payg‘ambarimiz tavallud kunlarigacha (20 noyabr) davom etadi”, deb yozgan G‘ani tvitterda.

“Biz “Tolibon” rahbariyatini afg‘onlarning uzoq muddatli va chinakam tinchlik o‘rnatilishi istagini qarshilashga chorlaymiz va ularni islom qadriyatlari hamda tamoyillariga asoslangan tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rishga qat’iyan chaqiramiz”, deb aytilgan prezident xabarida.

Avvalroq ham G‘ani Ramazon oyi tugashi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan 11-19 iyun kunlari toliblar bilan bir tomonlama yarashuv e’lon qilgandi. “Tolibon” bunga javoban 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e’lon qilgan. Yarashuv yakunlangandan keyin afg‘on qurolli kuchlari toliblarga qarshi operatsiyalarni davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston hukumati toliblar bilan 3 oyga o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi