12:27 / 20.08.2018
7 362

Moskvada Rossiya poytaxtidagi yetakchi o‘g‘rini tayinlashga bag‘ishlangan yig‘in bo‘lib o‘tdi

Moskvada Rossiya poytaxtidagi yetakchi o‘g‘rini tayinlashga bag‘ishlangan yig‘in bo‘lib o‘tdi
Bu Rossiyadagi jinoyat olamida “sxodka” deb ataladi. Navbatdagi yig‘inni»Qonundagi o‘g‘ri» Mixail Voyevodin (“Mixail Lujneskiy”) tashkil etdi va u aynan shu o‘g‘riboshining nazoratidagi nufuzli restoranda bo‘lib o‘tdi. Yig‘inda o‘ndan ortiq mafiyachilar ishtirok etdi. Ular bir ovozdan yangi “Qonundagi o‘g‘ri”, jinoyat olami yetakchiligiga Oleg Shishkanov (“Shishkan”) ni tayinlashdi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ilgari Rossiyadagi jinoyat olamida asosiy avtoritet hisoblangan Zaxariy Kalashov (“Shakro Molodoy”) bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 9 yil-u 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgani sababli o‘g‘rilar o‘zlari uchun yetakchi tayinlashga majbur bo‘lishgan. Avval bu rolni Aslan Usoyan (Ded Xasan) o‘limidan keyin 2013 yili Shakro Molodoy ijro o‘z zimmasiga olgandi.

Shishkanov asosiy avtoritetlikka tayinlangunga qadar bu rolga Tariyel Muluxov (“Taro”) da’vo qilgandi. Biroq yaqinda “Taro”ning Rossiyadan abadiyga haydab chiqarilishi ma’lum bo‘lib qoldi. Hozir u mamlakatdagi eng xavfli, intizom haddan ziyod darajada kuchaytirilgan “Qora delfin” koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda.

Manba: Hordiq.uz






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada Rossiya poytaxtidagi yetakchi o‘g‘rini tayinlashga bag‘ishlangan yig‘in bo‘lib o‘tdi