15:30 / 23.08.2018
3 635

Tramp: "AQSh har doim Ukrainaning yonida turadi"

Трамп: "АҚШ ҳар доим Украинанинг ёнида туради"
AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina prezidentining saytida ma`lum qilingan.

Ta`kidlanishicha, Tramp tabrik telegrammasida Ukrainaning «qudratli» qurolli kuchlari, mamlakat iqtisodiyoti tobora o'sib borayotganiga ham alohida to'xtalib o'tgan.

«Yodda tuting, iltimos, Qo'shma Shtatlar xalqaro miqyosda e`tirof etilgan chegaralar doirasida o'z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiladigan vaqtda Ukraina bilan doimo yonma-yon turadi», - deyiladi telegrammada.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "AQSh har doim Ukrainaning yonida turadi"