10:24 / 24.08.2018
4 540

AQShlik fermer go'sht sotadigan avtomat joylashtirilgan do'konlar tarmog'ini ochmoqda

AQShlik fermer go'sht sotadigan avtomat joylashtirilgan do'konlar tarmog'ini ochmoqda
Nyu-York shtatilik Applestone Meat deb nomlanuvchi ferma egasi Joshua Epplstoun savdo avtomatlari orqali qadoqlangan go'sht bilan savdo qiluvchi do'konlar ochishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Tadbirkor bir necha yil oldin Stoun Rij va Akkord aholi maskanlaridagi do'konlarga go'sht sotiladigan avtomatlar o'rnatgandi. Har bir avtomat mol, qo'y va cho'chqa go'shti, qiyma va kolbasa bilan to'ldirilgan bo'lib, jonivorlarni Epplstoun o'z fermasida boqadi.

Avtomat orqali go'sht sotib olish uchun xaridor tugmachalar yordamida o'ziga kerakli mahsulotni tanlashi va bank kartasini qurilmaga tegizishi kerak bo'ladi. Shundan so'ng avtomat eshigi ochiladi, kartadan esa pul yechib olinadi.

Foto: Bloomberg
Tadbirkorning aytishicha, hozirda kompaniya savdosining 70%i go'sht sotiladigan avtomatlarga to'g'ri keladi. Mahsulot uzoqroq muddat saqlanishi uchun qurilmalar sanoat muzlatgichlari bilan jihozlangan. Uning so'zlariga ko'ra, mol go'shti qiymasi olti, steyk yetti kun saqlanadi.

Foto: Bloomberg
Epplstoun yil oxiriga qadar Gudzonda yettita ana shunday qurilma o'rnatilgan do'konini ochmoqchi. Kelasi yili esa Skarsdeylda, so'ngra Manxettenda do'konlar ochishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShlik fermer go'sht sotadigan avtomat joylashtirilgan do'konlar tarmog'ini ochmoqda