21:18 / 24.08.2018
4 633

OAV Ramzon Qodirovning Moskvaga kirishini taqiqlab qo'yishga chaqirdi

OAV Ramzon Qodirovning Moskvaga kirishini taqiqlab qo'yishga chaqirdi
«Novaya gazeta» tahririyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga poytaxtga kirishini taqiqlab qo'yish borasida Moskva meri Sergey Sobyaninga murojaat bilan chiqdi. Murojaat nashrning veb-saytida joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, bunday murojaat Qodirovning chiqishiga javoban bo'lgan, unda u gazetadagi maqolani tilga olgan. Ushbu material paydo bo'lgach, Checheniston rahbari «Checheniston hududiga «safsata» bilan shug'ullanuvchi hamda «o'z kabinetlarida qog'ozlarga yozib o'tiruvchi» «huquq himoyachilari deb ataladigan» barcha shaxslarni kirishini taqiqlab qo'ydi».

«Biz Chechenistonda terrorizmning oldini olishda faqat qonunlar hamda inson huquqlariga qat`iy rioya qilish foyda beradi, degan fikrdagi shaxslar toifasiga to'g'ridan-to'g'ri kiramiz», - deyiladi maqolada.

Aniqlik kiritilishicha, «bu ma`noda» gazeta jamoasi huquq himoyachilari sanaladi. Nashrdagilarning fikricha, Qodirovning chiqishida «hech qanday narsa bilan yashirilmagan separatizm» belgilari bor. Ularning ta`kidlashicha, Qodirovning «porshe-kayyenlar» va boshqa kortejlarisiz» Moskvada ancha tinchroq bo'ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV Ramzon Qodirovning Moskvaga kirishini taqiqlab qo'yishga chaqirdi