08:30 / 25.08.2018
4 896

Benzin narxi suvdan ham arzon boʻlgan mamlakat

Benzin narxi suvdan ham arzon boʻlgan mamlakat
Foto: “Reuters”
Venesuela hukumati ikki yil davomida benzin narxini oshirib borib, xalqaro darajaga chiqarmoqchi. Hozircha esa bir ichgulik qahva puliga million litr benzin olish mumkin, deb yozadi “Xabar.uz” xorij matbuotiga tayanib.

Venesuela 20 avgust, dushanba kunidan benzin narxini oshirishga kirishdi. Prezident Nikolas Maduroning taʼkidlashicha, shu ikki yil davomida benzinni suv tekinga qoʻlga kiritishga imkon beruvchi har qanday holatlarlar bartaraf etilishi kerak.

Shuning barobarida, hukumat oʻzining roʻyxatga olingan tarafdorlari (moddiy imtiyozlar olishga maxsus kartalari bor kishilar), ijtimoiy koʻmakka muhtojlar va jamoat transporti korxonalarini qoʻllashda davom etadi.

Guruch, sut, yogʻ kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan farqli oʻlaroq, Venesuelada benzin taqchilligi yoʻq. Benzinning bir litri 6 bolivar turadi. Agar mahalliy valyuta yevroga oʻgirilsa, bir yevroga bir stakan qahva yoki million litr benzin sotib olish mumkin.

Hukumat hisob-kitoblariga koʻra, har yili davlat Kolumbiya va Karib havzasining boshqa mamlakatlariga benzin noqonuniy olib chiqib ketilishidan 16 mlrd. yevro atrofida zarar koʻryapti. Yana ayrim sabablarga koʻra, Venesuelada neft sanoati ilgarigidek daromad keltirmayapti.

Hozir Venesuelada sutkasiga 1,36 million barrel neft ishlab chiqarilyapti — bu oxirgi 50 yildagi eng past koʻrsatkich. Xalqaro bozorda esa neftining katta qismini sota olmayapti — Rossiya va Xitoydan qarzini uzyapti, qolaversa, yaqin ittifoqchisi Kubani arzon neft bilan taʼminlayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Benzin narxi suvdan ham arzon boʻlgan mamlakat