16:04 / 25.08.2018
3 895

Qozogʻistonda TIV sobiq xodimi Toshkentdagi elchixonani qurishda oʻgʻirlikda gumonlanmoqda (video)

Qozogʻistonda TIV sobiq xodimi Toshkentdagi elchixonani qurishda oʻgʻirlikda gumonlanmoqda (video)
Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining sobiq masʼul kotibi Anarbek Karashev pora olganlikda ayblanmoqda, huquq-tartibot idoralari xodimlari uning uyidan 1,5 million dollar topishdi. Bu ish boʻyicha olti kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, deya xabar beradi “Astana-TV” telekanali.

“Karashev qoʻli ostidagi xodimlardan tizimli ravishda pora olganlikda ayblanmoqda, qolganlar esa tadbirlarni tashkillashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlardan 28 mln tengedan ortiq miqdorda noqonuniy pul mukofotlarini olish holati yuzasidan jalb qilingan”, - deya aytib oʻtdi Qozogʻiston Respublikasining Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining oʻrinbosari Oljas Bektenov.

Tashqi siyosat idorasida Qozogʻiston Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining oʻrinbosari Oljas Bektenov va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqan Bektenov, vazirlikning mansabdor shaxslariga nisbatan korrupsion jinoyatlarni sodir etganlik faktlari toʻgʻrisida qator ishlar yuzasidan baʼzi tafsilotlarni maʼlum qildi.

Gumonlanuvchilar Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi binosini kapital taʼmirlash boʻyicha amalga oshirilmagan ishlarga toʻlovlarni amalga oshirgani ham aniqlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bu harakatlar natijasida zarar 70 million tengeni tashkil qildi.


Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda TIV sobiq xodimi Toshkentdagi elchixonani qurishda oʻgʻirlikda gumonlanmoqda (video)