06:30 / 26.08.2018
6 550

Niderlandiya hukumati “Muhammad paygʻambar karikatura tanlovi” tufayli xavotirda

Niderlandiya hukumati “Muhammad paygʻambar karikatura tanlovi” tufayli xavotirda
Niderlandiya hukumati “Ozodlik” partiyasi yetakchisi Gert Vilders oʻtkazishni rejalashtirgan “Muhammad paygʻambar karikatura tanlovi” tufayli xavotirga tushayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Azon nashri xabar bermoqda.

Hukumatning fikricha, bu tanlov mamlakat xavfsizligi va xorijdagi niderlandiyaliklar uchun tahdid tugʻdirishi mumkin.

Mahalliy matbuot Tashqi ishlar vaziri Stef Blok karikatura tanlovi uchun yechim topishga urinayotgani haqida yozmoqda.

Ayniqsa, Pokiston Vildersning karikatura tanlovidan qattiq norozi. Oʻtgan hafta Islomoboddagi Niderlandiya elchisi Pokiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi va unga norozilik notasi topshirildi.

Pokiston hukumati Vildersning Islom dinini haqorat qilayotganini taʼkidladi, poytaxt Islomobodda minglab kishilar Vildersga qarshi oʻtkizilgan namoyishda qatnashdi.

Stef Blokning aytishicha, karikatura tanlovidan norozilik boshqa musulmon mamlakatlarda ham ortmoqda. U mazkur masala Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida koʻrib chiqilishini maʼlum qildi.

Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi karikatura tanlovidan norozi boʻlayotgan mamlakatlar bilan yaqin aloqada boʻladi va mazkur tanlov Niderlandiya hukumatining nuqtai nazarini ifoda etmasligini taʼkidlaydi.

Karikatura tanlovini parlament binosida oʻtkazish rejalashtirilgan. Gert Vildersning aytishicha, tanlovga 200 ga yaqin ish joʻnatilgan.

Gert Vilders ashaddiy islomofob boʻlib, avval karikatura tanlovi oʻtkazishni rejalashtirgandi va mamlakat parlamentidan bu xususida ijozat olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya hukumati “Muhammad paygʻambar karikatura tanlovi” tufayli xavotirda